"Havo yullari" eng punktual aviakompaniya deb tan olindi

© Stringer SputnikUzbekskie avialinii prinyali v ekspluatatsiyu yeshe odin samolet Boeing 787-8 Dreamliner
Uzbekskie avialinii prinyali v ekspluatatsiyu yeshe odin samolet Boeing 787-8 Dreamliner - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston Havo yo‘llari" “Krasnodar” aeroportiga parvozlar amalga oshiruvchi bir necha mahalliy va xalqaro kompaniyalar orasida eng punktual aviakompaniya deb tan olindi.

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Krasnodar, Sochi, Gelenjik va Anapadagi aeroportlarni boshqarish bilan shug‘ullanuvchi "Bazel Aero" aviakompaniyasi 2016-2017 yilning kuz-qish mavsumidagi eng punktual va tez rivojlanayotgan aviakompaniyalar ro‘yxatini tuzdi.

“O‘zbekiston Havo yo‘llari” Krasnodar va Sochi aeroportlarining eng punktual aviakompaniyasi deb tan olindi.

"Bazel Aero" aviakompaniyasi 2017-yildan buyon aviakompaniyalar sifat va aniqlik reytingini tuzib kelmoqda. Unga ko‘ra O‘zbekiston Havo yo‘llari ikki marotaba punktual aviakompaniya deb tan olingan. Undan tashqari, 2015-2015 yilda O‘zbekiston Havo yo‘llari “Bazel Aero”ning “Yo‘lovchi tashishda innovatsiyalar” mukofotiga sazovor bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Havo yo‘llari Krasnodarga 2004-yildan boshlab, Sochiga 2007-yildan boshlab parvozlar amalga oshirib kelmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0