Moskvada besh ayolni o‘ldirgan o‘zbekistonlik manyak ustidan sud boshlanadi

Migrant o‘z qurbonlariga xilvat joylarda tashlanib, ularga pichoq bilan hamla qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 5 mar – Sputnik. Rossiya tergov qo‘mitasi Baxtiyor Matoqubovga nisbatan jinoyat ishini o‘rganishni to‘xtatdi, erkak beshta qotillikni sodir etganlikda ayblanmoqda, deb xabar qilmoqda Tergov qo‘mitasi matbuot-xizmati.

Pogonli manyak: Chikatilodan o‘tib tushgan "Angarlik qotil" tarixi

TQ versiyasiga ko‘ra, 2015-yil yanvar-aprel oylari oralig‘ida Matoqubov Moskva va Moskva viloyatida qator qotilliklarni sodir etgan. U kimsasiz joylar va xiyobonlarda ayollarga tashlangan.

"Xususan, 2015-yilning 17-martida u Izmaylovo parkida notanish iti bilan sayr qilib yurgan 35 yashar ayolni uchratgan. Atrofda odamlar yo‘qligiga ishonch hosil qilgach, ayolning yurak qismiga ikki marta pichoq urgan, jabrdiyda hodisa joyida vafot etgan", - deyiladi qo‘mita xabarida.

Migrant shuningdek, o‘z qurbonlarini keyinchalik ularni o‘marish maqsadida, do‘konlar atrofida ham ta’qib qilgan. Manyak o‘z qotilliklarini kunduzi va kechasi sodir etgan. Har safar o‘z qurbonlariga tilingan va kesilgan jarohatlar yetkazgan.

Qotil bir necha yil davomida odil sudlovdan boshqa mamlakatda yashirinishga muvaffaq bo‘lgan, ammo 2017-yilning dekabrida u Moskvaga ekstradatsiya qilingan.

Ekspertiza o‘tkazilishi davomida, psixologlar va boshqa mutaxassislar, Matoqubov ruhiyatida muammolar mavjudligini tasdiqlashgan va u juda asabiy degan xulosaga kelishgan. Matoqubov juda qiziqqon, qasoskor bo‘lgan, ayollarga nisbatan unda shaxsiy adovat bo‘lgan.

Migrant dastlabki tergov vaqtida barcha sodir etgan jinoyatlarini to‘liq bo‘yniga olgan. Jinoyat ishi tasdiqlangan ayblov xulosasi bilan sudga yo‘naltirilgan.