TOShKENT, 1 mar – Sputnik. “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylariga 30 ta katta sig‘imdagi "MAN" rusumli avtobuslar olib kelindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda qayd etilishicha, keltirilayotgan avtobuslar yo‘lovchi oqimi, shuningdek, aholi talabidan kelib chiqib yo‘nalishlarga biriktiriladi. Shu tariqa harakat tarkibi yangilanib boradi.
Eslatib o‘tamiz avvalroq 2019-yil davomida “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylariga 200 tadan ziyod yangi avtobuslar keltirilishi rejalashtirilgani haqida xabar qilingan edi.