Nima sababdan uy sharoitida tayyorlangan tuzlamalar o‘limga olib kelishi mumkin: ekspert fikri

Rossiyalik katta ilmiy xodim, tibbiyot fanlari nomzodi Natalya Denisova uy sharoitida tayyorlangan tuzmalalardan zaharlanishdan saqlanish va kasallikning birinchi alomatlari yuzaga kelganda nimalar qilish kerakligini hikoya qilib berdi.
Sputnik

TOShKENT, 27 fev – Sputnik. Rossiya Oziq-ovqat, biotexnologiya va xavfsizlik federal ilmiy tekshirish markazining katta ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi Natalya Denisova uy sharoitida tayyorlangan tuzmalalardan zaharlanishdan saqlanish va kasallikning birinchi alomatlari yuzaga kelganda nimalar qilish kerakligini hikoya qilib berdi.

Urgutda tuzlama mahsulotlarini iste’mol qilgan 16 yashar o‘smir vafot etdi

O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda uy sharoitida tayyorlangan tuzmala mahsulotlaridan zaharlanish holatlari muntazam kuzatilmoqda. Navbatdagi ko‘ngilsiz hodisa Samarqandda sodir bo‘ldi. 2019-yil 23-fevral kuni viloyatning Urgut tumanida yashovchi butun bir oila uy sharoitida tayyorlangan pomidor va bodring mahsulotlaridan tayyorlangan salatni iste’mol qilib, oilaviy zaharlandilar. Oqibatda esa 16 yashar o‘smir kasalxonada ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etdi.

Rossiyalik eskpert Natalya Denosovaning so‘zlariga ko‘ra, uy sharoitida tayyorlangan tuzmala mahsulotlari diqqat bilan tayyorlash va texnologiyaning aniq bajarilishini talab etadi.

“Bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha mikroblar va xavfli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarni o‘ldirish maqsadida sabzavotlarni sinchiklab yuvish hamda idish-tovoqni tozalash lozim. Shuningdek, konservatsiya va saqlash qoidalariga rioya qilish muhimdir. Issiq iqlimga ega O‘rta Osiyo mamlakatlarida, jumladan, O‘zbekistonda konserva mahsulotlarini uzoq muddat davomida saqlash uchun mos sharoitlar hamisha bo‘lavermaydi. Ana shunday mahsulotlarni iste’mol qilish o‘ta xavfli”, - deya ta’kidladi mutaxassis.

Jizzaxda sakkiz kishi tuzlamadan zaharlandi

Rossiyalik mutaxassis birinchi navbatda konserva mahsulotlarini iste’mol qilishdan avval banka butunligiga va ko‘zga ko‘rinarli nuqsonlardan xoli ekanligini  – banka qopqog‘i ko‘tarilib yoki zanglab qolmaganligini ko‘zdan kechirishni tavsiya qiladi. Shuningdek, uning ichida mog‘or, shubhali pufakchalar va yoqimsiz hid yo‘q ekanligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Yuqorida sanab o‘tilgan holatlardan biri aniqlansa, bu mahsulotni iste’molga yaroqsiz mahsulot sifatida darhol axlat qutisiga tashlab yuborish kerak.

“Biroq botulizmni keltirib chiqaruvchi juda xavfli bakteriyalar mavjud. Amalda ularni konserva mahsulotini ochganda payqashning imkoni yo‘q, chunki ular na tashqaridan qaraganda, na ta’mda namoyon bo‘ladi. Lekin saqlashda jarayonida bakteriyalar to‘planib, rivojlanishlari mumkin, iste’mol qilishda esa ko‘p hollarda o‘limga olib keladi”,  - deya ogohlantirdi ilmiy xodim.

Mutaxassis zaharlanishning birinchi alomatlari paydo bo‘lishi bilan zaharlangan kishiga ko‘proq suv va absorbent – masalan, aktivlashtirilgan ko‘mir (kukun)ni qayt qilishi va xavfli mahsulotni organizmdan chiqarishga ko‘maklashishi uchun berishni tavsiya etadi. Agar kasallikning og‘ir alomatlari – ko‘rish va gapirish qobiliyatini yo‘qotish, bosh og‘rig‘i va bemadorlik kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak. O‘z vaqtida ko‘rsatilgan yordam inson hayotini saqlab qolishi mumkin.