Olimlar tuzning yangi xavfli xususiyatini aniqladilar

Munxen Texnika universiteti (Germaniya) olimlari atopik dermatit - surunkali allergik kasalligiga chalingan bemorlarning teri namunalarini tahlil qilishdi.
Sputnik

TOShKENT, 26 fev – Sputnik. Inson organizmida osh tuzining cho‘kindisi allergik reaksiyalar rivojlanishiga ko‘maklashadi. Bu haqda RIA Novosti MedicalXpress nashriga tayanib xabar qildi.

Munxen Texnika universiteti (Germaniya) olimlari atopik dermatit - surunkali allergik kasalligiga chalingan bemorlarning teri namunalarini tahlil qilishdi. Tahlil natijasida terining kasallangan qismlarida natriy darajasi normadan 30 barobar yuqori ekanligini aniqlashdi.

Shifokorlar depressiyadan xalos bo‘lishning oddiy usulini ma’lum qilishdi

Mutaxasssislarning ta’kidiga ko‘ra, natriy xloridi T-hujayralarni interleykin-4 (IL-4) va interleykin-13 (IL-13) oqsillarini yuqori miqdorda ishlab chiqishga majburlaydi. Ushbu bog‘lanishlar inson organizmida muhim o‘rin tutadi, biroq,  haddan ortiq miqdor teri yallig‘lanishi kasalliklarini tez sur’atda rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Qayd etilishicha, T-hujayralariga natriy xlorid ta’sir o‘tkazishi to‘xtatilishidan so‘ng allergik reaksiyalar sezilarli ravishda pasayadi.