Venesuelada davlat to‘ntarilishi boshi berk ko‘chaga kirib qoldi

O‘zini vaqtinchalik prezident deb e’lon qilgan Xuan Guaido bir oy ichida saylov e’lon qilishi kerak edi, lekin buning o‘rniga u Kolumbiyaga qochib ketdi.
Sputnik

TOShKENT, 24 fev – Sputnik. Kecha 23-fevral Venesuela muxolifati uchun muhim sana edi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Zaxarova Trampning Venesuela harbiy xizmatchilariga murojaatini shantaj deb atadi

Birinchidan, 23-yanvar kuni o‘zini vaqtinchalik prezident deb e’lon qilgan Xuan Guaidoning 1 oylik vakolati yakuniga yetdi. Ushbu muddat ichida Guaido prezident umumxalq saylovi e’lon qilishi kerak edi, lekin bu amalga oshmadi.

Ikkinchidan, AQSh tomonidan muxolifatga va’da berilgan insonparvarlik yordami Venesuelaga yetib kelmadi. Venesueli Kolumbiya bilan chegarasini mustahkam berkitib oldi. Chegarani kesib o‘tgan bir necha yuk avtomobillari yoqib yuborildi.

Uchinchidan, 22-fevral kuni esa Guaido, Venesuela sudi qo‘ygan ta’qiqqa amal qilmasdan, Venesuela hududini tark etdi. Hozir u qo‘shni mamlakat – Kolumbiyada ekanligi xabar qilinmoqda. Kolumbiyada Guaido AQSh vitse-prezidenti Mayk Pompeo bilan uchrashuvi rejalashtirilgan. 

Venesuela prezidenti Maduroga suiqasd uyushtirildi

To‘rtinchidan, 23-fevral kuni Venesuela qo‘shni Kolumbiya bilan diplomatik munosabatlarini uzdi. Bunga Kolumbiya rahbariyati tomonidan Venesuela prezidentini keskin tanqid qilish va muxolifatga yordam ko‘rsatish sabab bo‘lgan. Venesuela kolumbiya diplomatik vakillaridan mamlakatni bir kun ichida tark etishni talab qildi.

Natijada - Venesuela muxolifati “boshsiz” va yordamisiz  qolgan. "Ukraina" ssenariysi Venesuelada amalga oshmadi. Iroq yoki Liviya ssenariysini qo‘llashgan Rossiya va Xitoy jim qarab turmaydi. Hozircha AQSh Venesuela aktivlarini hibsga olish va iqtisodiy sanksiyalarni hamda qonuniy hukumat tarafida bo‘lgan harbiylarga po‘pisa qilish bilan kifoyalanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bir oy oldin Venesuela mustaqillik bayramida Xuan Guaido o‘zini Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti deb e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng AQSh, bir necha Janubiy Amerika mamlakatlari va Yevropa uni tan olgan Rossiya, Xitoy va Hindiston tan olmagan edi.