TOShKENT, 19 fev - Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSh yetakchisi Donald Trampning Venesuela harbiylariga qilgan murojaatini shantaj deb atadi.
“Shantaj Venesuela xalqiga “demokratiya”ni qaytarishning bir usuli”, - deya izoh qoldirgan Zaxarova o‘zining Facebook᾽dagi rasmiy sahifasida.
Avvalroq AQSh rahbari “Venesuela harbiylariga o‘zining eng qat’iy ogohlantirishini yo‘lladi”. U mamlakat yetakchisi Nikolas Maduroni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatib, Guaidoning amnistiya to‘g‘risidagi saxiy taklifini qabul qilishga chaqirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 23-yanvar kuni Karakasda davom etayotgan mitinglar vaqtida 35 yoshli muxolif siyosatchi Xuan Guaido o‘zini prezidenti sifatida e’lon qildi. Bir necha daqiqa o‘tib uni AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning yangi prezidenti sifatida tan oldi. Ayni damda Xuan Guaidoni Venesuela vaqtinchalik prezidenti sifatida faqat AQSh, Yevropa Ittifoqining qator mamlakatlari tan olgan. Rossiya, Meksika va boshqa mamlakatlar tan olmagan