TOShKENT, 23 fev - Sputnik. AQSh Davlat departamenti delegatsiyasi O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati xabar berdi.
"2019-yilning 25-fevral kuni O‘zbekistonga AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elis Uells boshchiligidagi delegatsiya keladi", - deyiladi xabarda.
Tashrif dasturidan ikki tomonlama maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini hamda O‘zbekistonning vazirlik va idoralarida uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.