TOShKENT, 21 fev - Sputnik. Avstriyalik olimlar haqiqatdan ham qarish jarayonini sekinlantirish mumkinligini isbotlashdi. Tadqiqot matni Nature jurnalida e’lon qilindi.
Ta’kidlanishicha, biologlar Yaponiyada o‘suvchi ko‘p yillik ashitaba o‘simligi yoshlikni uzaytirishi mumkinligini aniqlashdi.
Olimlar pashsha, qurt va sichqonlar ustida sinov o‘tkazishadi. Tajriba o‘simlik tarkibida bo‘lgan 4,4-dimetoksixalkon (DMC) modda tufayli pashsha va qurtlar hayotini 20 foizga uzaytirishga muvaffaq bo‘linganligini ko‘rsatdi.
O‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, o‘simlik barglari organizmga “oqsil chiqindisi”ni tezroq qayta ishlashga ko‘maklashuvchi maxsus molekulalar ajratishi aniqlangan.
Yaqin kelajakda olimlar ushbu o‘simlik insonlarni qarishdan himoya qilish qilmasligini tekshirish maqsadida tajriba o‘tkazishmoqchi.
Ko‘p yaponlar ashitabani (yaponchadan so‘zma-so‘z “ertangi barg” deb tarjima qilinadi) o‘z bog‘larida o‘stirishadi. Ashitaba sabzi va seldereyning uzoq urug‘doshi hisoblanadi. Ushbu o‘simlik Yaponiya oshxonasida va kasallikni davolashda keng qo‘llaniladi.