TOShKENT, 21 fev – Sputnik. 20-fevral kuni 16 yoshli 10-sinf o‘quvchisi maktabga o‘zi bilan birga pnevmatik pistolet, pnevmatik gazli balon va himoya maskasi olib kelgan.
“Yunusobod tumanida joylashgan 10-sinf o‘quvchisi maktabga o‘zi bilan birga pnevmatik pistolet, pnevmatik gazli balon va himoya maskasi olib kelgan”, - deb ma’lum qilishdi Toshkent IIBBda.
Ushbu holat profilaktika inspektori tomonidan tanaffus vaqtida o‘quv sumkalarini tekshirganida aniqlangan.
“O‘quvchining sumkasidan MINI UZI IWI rusumli pnevmatik pistolet, glushitel, 4 dona pnevmatik gazli balon, 1 dona qurol uchun magazin, shuningdek, 1,5 mingga yaqin metalldan yasalgan zoldirlar va 1 dona safari rangli himoya maskasi topilgan”, - deyilgan xabarda.
Sputnik O‘zbekiston muxbiri bu holat yuzasidan izoh olish maqsadida huquq tartibot organlariga murojaat qildi.
IIBBda ma’lum qilishicha, bunday qurol sport do‘konlarda sotilishi va uni xarid qilish uchun ruxsatnoma kerak emas.
IIBB xodimlari tomonidan o‘smir va uning ota-onasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.