Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasi sohasini tanqid qildi

Sputnik

TOShKENT, 21 fev – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 20-fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda elektr energetikasi sohasini tanqid qildi.

Alisher Sultonov energetika vaziri etib tayinlandi

Xususan, xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasidan Xorazm – Sarimoy punktigacha 220 kilovoltli elektr liniyalarini tortish”, “Yuqori kuchlanishli podstansiyalarni modernizatsiya qilish”, “To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasini qurish” loyihalarini amalga oshirish muddatlari kechikish masalasi muhokama qilindi.

Energetika vazirligi va “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatiga xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘larini to‘liq o‘zlashtirish, loyihalarni o‘z vaqtida bajarib, mablag‘larni iqtisod qilish vazifasi qo‘yildi.

Undan tashqari elektr energiyasi quvvatlarini modernizatsiya qilish ishlari talab darajasida emasligi qayd etildi. Tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishga umuman e’tibor qaratilmagani va buning oqibatida korxonalar qarz olish yoki loyihalarni o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirishga majbur bo‘layotgani qayd etildi.

Energetika sohasiga xususiy sektorni taklif qilish kerak - Shavkat Mirziyoyev

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 2019-yilgi Investitsiya dasturiga elektr energiyasi tizimi bo‘yicha umumiy qiymati 8,1 milliard dollarlik 33 ta loyiha kiritilgan. Joriy yil qariyb 620 million dollar o‘zlashtirilib, 7 ta yirik loyiha ishga tushirilishi belgilangan.

Eslatib o‘tmiz, 1-fevralda e’lon qilingan prezident qarorida “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil etish haqidagi qonun loyihasini tayyorlash topshirilgan edi. Yangi qarorga ko‘ra elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi – yetkazib beruvchi – taqsimlovchi vazifalardan kelib chiqib, korxonalar funksiyasini aniq ajratish, sohaga bozor munosabatlari, jumladan, davlat-xususiy sherikligini joriy etish belgilangan edi.