TOShKENT, 4 fev – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Alisher Sultonovni bosh vazir o‘rinbosari lavozimidan ozod etib energetika vaziri lavozimiga tayinladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Alisher Saidabbosovich Sultonov, prezident farmoniga asosan, bosh vazirning geologiya, yonilg‘i-energetika, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi”, - deyilgan xabarda.
Shu bilan bir vaqtda, prezident Sultonovni yangi tashkil qilingan energetika vazirligiga rahbar etib tayinladi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, energetika vazirligiga zimmasiga respublikaning yonilg‘i-energetika majmuasiga bog‘liq bo‘lgan barcha masalalar topshiriladi. Oldin ushbu sohani bir necha kompaniyalar boshqarar edi: "O‘zbekenergo", "O‘zbekneftegaz" va "O‘zbekgidroenergo".
Alisher Sultonov 2017-yilning 1-noyabridan boshlab “O‘zbekneftgaz” AJ raisi lavozimiga tayinlangan edi. 2018-yilning sentabrida esa o‘z lavozimidan ozod qilingan edi.