O‘zbekiston va AQSh mudofaa idoralari qanday masalalarni muhokama qildi

Uchrashuvda mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati muhokama qilinib, harbiy ta’lim va mudofaa sohalarida istiqboldagi rejalar belgilab olindi.
Sputnik

TOShKENT, 20 fev – Sputnik. Bugun, 20-fevral kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligida general-mayor Baxodir Kurbanov va Amerika Qo‘shma Shtatlari Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonlik qo‘mondoni general Jozef Votel muzokaralar o‘tkazdi.

AQSh qo‘mondonligi Afg‘oniston masalasini muhokama qilish uchun Toshkentga kelmoqda

"Uchrashuvda mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati muhokama qilinib, harbiy ta’lim va mudofaa sohalarida istiqboldagi rejalar belgilab olindi. O‘zaro manfaatli hamkorliklarni kuchaytirish borasida fikrlar almashildi", - deyilgan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi  xabarida.

Suhbatda mamlakatlar o‘rtasida harbiy sohada hamkorlik yo‘nalishlarida o‘sish sur’atlari ortib borayotgani alohida ta’kidlandi.

AQSh tomoni harbiy va harbiy-texnika sohasida, shuningdek, mintaqada xavfsizlikni ta’minlash borasidagi dolzarb masalalariga va O‘zbekiston—Amerika mudofaa idoralari o‘rtasidagi kelishuvlarga O‘zbekiston alohida e’tibor qaratayotganini e’tirof etdi.

O‘zbekiston va AQSh mudofaa idoralari qanday masalalarni muhokama qildi

Uchrashuv davomida Afg‘onistondagi vaziyatni o‘nglash, xalqaro terrorizmga barham berish hamda mintaqada tinchlikni barqaror ushlab turish bo‘yicha fikrlar almashildi.