Turdenev: Rossiya hech kimga hech narsani xiralik bilan yopishtirmaydi

Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev Diplomatik xodim kuni munosabati bilan Toshkentdagi elchixonada tashkil etilgan tantanali qabulda nutq so‘zladi
Sputnik

TOShKENT, 8 fev - Sputnik. Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari juda yuqori nuqtalarni boshdan kechirmoqda, deya qayd etdi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev, Toshkentda Diplomatik xodim kuni munosabati bilan tashkil etilgan tantanali qabulda.

Kamilov qanday qilib diplomat bo‘lish mumkin, degan savolga javob berdi

Diplomat shuningdek, Rossiya bugungi kunda jahon taraqqiyoti yo‘nalishini belgilash uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan voqealar chorrahasida turganini qo‘shimcha qildi.

"Bizning ko‘z o‘ngimizda dunyo qay tarzda tashkil topishi, uning parametrlari masalasida global raqobat kuchayishi ro‘y bermoqda. Bunda, boshqalarga o‘z xohishini xiralik ila yopishtirish va shu bilan bir qatorda barcha uchun umumiy bo‘lgan masalalar yechimiga tenghuquqlilik, o‘zaromanfaatli hamkorlik asosida yondashish tendensiyasi o‘rtasida qarama-qarshilik aniq ko‘zga tashlanmoqda", - dedi u.

Turdenevning so‘zlariga ko‘ra, birqutbli dunyo tarafdorlari o‘n yilliklar davomida shakllanib kelayotgan xalqaro xavfsizlik tizimini yo‘q qilishga urinishlariga qaramay, Rossiya terroristik tahdid va boshqa global tahdidlar oldida dunyo hamjamiyati urinishlarini birlashtirishga qaratilgan kun tartibini ilgari surishda davom etmoqda.

"Shu bilan birga biz hech kimga xiralik bilan hech narsani tiqishtirmaymiz, xalqaro huquq ustuvorligi, BMTning markaziy roli, davlatlarning o‘z taraqqiyot yo‘lini o‘zlari belgilashi singari suveren huquqi kabi davlatlararo muloqotning muhim tamoyillariga amal qilamiz. Xalqlarimiz haqiqatparvar va adolatli, bu tarixdagi tub burilishlar sodir bo‘lgan davrlarda ko‘p marotaba isbotlangan", - deb qo‘shimcha qildi diplomat.

Mariya Zaxarova Toshkentda: o‘zbekona lutf, ochiq javoblar va diplomat bo‘lish siri haqida

O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari haqida gapirar ekan, qadimdan shakllangan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik aloqalari va ikki davlat yetakchilari o‘rtasidagi muloqot hamkorlik rivojlanishiga turtki berayotganini qayd etdi. Turdenevga ko‘ra, Vladimir Putinning 2018-yildagi O‘zbekistonga tashrifi hamkorlikning yangi ufqlarini ochib bergan va yaqin yillarga ikkiyoqlama aloqalar rivoji uchun mustahkam asosni ta’minlagan.

"Ko‘pqirrali Rossiya-O‘zbekiston aloqalarining istiqboli yorqin ekaniga ishonchim komil, nega deganda, bizni o‘z mamlakatimiz tarixiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, Vatanga muhabbat, an’anaviy oila tushunchasi, kattalarga hurmat singari umumiy qadriyatlar tizimi  birlashtirib turadi", - deb qayd etdi diplomat.

Elchi o‘z nutqi yakunida xalqaro munosabatlar tarixi davomida diplomatlarga bo‘lgan talablar mudom o‘zgarganini, faqat bir narsa - o‘z davlatiga bo‘lgan ishonch va har qanday sharoitda Vatan manfaatlarini himoya qilish tamoyili o‘zgarishsiz qolganini qayd etdi.