Toliblar nazorati ostida bo‘lgan afg‘onlarning ayanchli qismati

Afg‘onistoning Jo‘zjon viloyati Xumab tumani aholisi 2018-yil sentabr oyidan toliblar nazorati ostida yashashga majbur bo‘lib kelishmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. Muhandis Ahmad, Jo‘zjon viloyati Xumab tumanining rahbari Sputnik Afghanistan nashriga bergan intervyusida ushbu mintaqada toliblar qanaqa qonun-qoida va tartib-intizom o‘rnatganliklari haqida hikoya qilib berdi.

Muradov: O‘zbekiston Afg‘oniston uchun Angliya, AQSh va SSSR berolmagan narsani bergan

Ahmadning so‘zlariga ko‘ra, toliblar mazkur tumanda o‘z qonunlarini joriy etishgan. Ular mahalliy aholiga do‘q-po‘pisa qilib, pullarini olishadi. Shuningdek, Xumabga chegaradosh bo‘lgan hududlarda giyohvand moddalar kontrabandasi bilan shug‘ullanishadi.

 “Toliblar Xumabni egallab olgandan buyon ular soliq yig‘ib olishdan tashqari turli bahonalar bilan odamlarni qo‘rqitib pul talab qilishadi”, - dedi u.

Uning aytishicha, toliblar erkaklarning soqoli bo‘lmagani, namoz o‘qishdan bosh tortgani hamda boshqa “gunohlari” uchun jarima joriy etishgan.

“Xumab Turkmaniston bilan chegaradosh bo‘lgani sababli toliblar giyohvand moddalar kontrabandasi bilan shug‘ullanishadi”, - deb qo‘shimcha qildi Ahmad.

Afg‘on qochoqlari lageridan shok-video

Mintaqa rahbarining ta’kidlashicha, toliblar Xumabni egallab olishgan vaqtda ular orasida chet elliklar ham bor edi, ammo “hozir ularning soni kamaygan, va ular bu yerga faqat dam olgani va baliq tanavvul qilgani kelishadi”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xorijlik toliblarning ko‘p qismini asli o‘zbekistonlik va pokistonliklar tashkil qiladi.

Ahmad suhbat yakunida hukumat bir necha marta mintaqani o‘z nazoratiga qaytarishga va’da bergani, ammo va’da berishdan nariga o‘tmaganini ma’lum qildi.