Afg‘onistonda hukumat kuchlari va toliblar o‘rtasida keskin kurash bormoqda. Bundan tashqari, Rossiyada va boshqa ba’zi davlatlarda ta’qiqlangan terroristik uyushma - "Islom davlati"ning ta’siri kuchaygan. Turli maydonlarda o‘zaro kurashuvchi kuchlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tinch muloqotni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilinmoqda.
O‘zbekiston va AQSh Afg‘oniston prezidentining tinchlik dasturini qo‘llab-quvvatladi>>>
Afg‘oniston Islom Respublikasi qochoqlar masalalari bo‘yicha vazirligi matbuot-kotibi Islamuddin Jorat qo‘mita har uch-olti oyda ehtiyojmandlarga yordam ko‘rsatish rejasini tasdiqdan o‘tkazishi haqida gapirib berdi.
"2018 yilda ularga moddiy ko‘mak ajratilmoqda. Odamlarga shuningdek, zarur buyumlar tarqatilmoqda, shu jumladan, qishki buyumlar ham. O‘n besh ming afg‘oniy (200 dollar) to‘lanmoqda. Qator tumanlarda yordam ko‘rsatib bo‘lingan, ko‘mak kutayotgan tumanlar ham bor", - degan Jorat.
Qochoq-bolalar muammosi alohida e’tiborga olingan, deb xabar qiladi Sputnik Dari. Vazirlik matbuot-kotibi so‘zlariga ko‘ra, endilikda bolalar xohlagan davlat umumta’lim maktablarida umumiy asosda, hech qanday hujjat taqdim etmasdan ta’lim olishlari mumkin.