“O‘zbekiston havo yo‘llari” uchta yangi yo‘nalishga parvozlar yo‘lga qo‘yadi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” 2019-yilda Tbilisi, Munxen va Karachi yo‘nalishlariga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi.
Sputnik

TOShKENT, 29 yanv – Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari” 2019-yilda Tbilisi, Munxen va Karachi yo‘nalishlariga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan uch oyi ichida Milliy aviakompaniya Mumbay, Vladivostok va Jiddaga parvozlarni yo‘lga qo‘ygan edi.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Moskvaga uchayotgan fuqarolarni ogohlantirdi

Undan tashqari Moskva yo‘nalishida parvozlar soni haftasiga 27ga yetkazildi va Samarqand, Buxoro, Urgench, Termez, Namangan va Farg‘ona shaharlarini Moskva bilan bog‘lab turgan parvozlar umumiy soni 49taga yetdi.

Shuningdek, Seul, Dushanbe, Bishkek, Minsk, Rostov-na-Donu, Astana va Novosibirsk shaharlariga ham parvozlar soni oshirildi. Stambulga parvozlar soni Toshkentdan 10taga Samarqanddan 2taga yetkazildi.

Undan tashqari o‘tgan yil davomida O‘zbekiston havo yo‘llari 21 mingta parvozlar amalga oshirib, 3 million yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatdi.