“Faxriy fuqaro” unvoni kimga berilishi ma’lum bo‘ldi

“Faxriy fuqaro” unvoni O‘zbekiston Respublikasi oldida buyuk xizmatlar ko‘rsatgan xorijiy fuqarolarga yoki fuqaroligi yo‘q shaxslarga taqdim etiladi.
Sputnik

TOShKENT, 29 yanv – Sputnik. Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portalida “Faxriy fuqaro” unvonini ta’sis etish haqidagi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Hujjatda aytilishiga ko‘ra, “Faxriy fuqaro” unvoni O‘zbekiston Respublikasi oldida buyuk xizmatlar ko‘rsatgan xorijiy fuqarolarga yoki fuqaroligi yo‘q shaxslarga beriladi.

Shu bilan bir vaqtda, ushbu unvon davlat mukofoti hisoblanmaydi va fuqarolik olish uchun asos bo‘la olmaydi.

Koreya poytaxti faxriy fuqarosi unvoni kimlarga topshiriladi?

“Faxriy fuqaro” unvonini berish uchun quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:

- iqtisod, fan, madaniyat, san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi uchun;  

- o‘zbek xalqining ma’naviy va madaniy boyliklarini asrash va xayrli ishlarga qo‘shgan hissasi uchun;

- jamoatchilik tomonidan tan olingan O‘zbekiston obro‘sini ko‘tarishga qo‘shgan hissasi; 

- O‘zbekiston iqtisodiga 40 000 EKIH miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda sarmoya kiritish, O‘zbekiston hududida xorijiy korxona tashkil etish uchun ham berilishi mumkin.

"Faxriy fuqaro"ga bir qator huqular ham berilgan, xususan: 

  • O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish va respublika bo‘ylab harakatlanish, respublika hududida oila a’zolari bilan birga yashash; 
  • davlat va mahalliy hokimiyat mansabdor shaxslari  tomonidan birinchi navbatda qabul qilish; 
  • davlat va jamiyat tantanali tadbirlarida ishtirok etish; 
  • o‘z ismi-sharifiga unvonni qo‘shib aytish;

Kabi huquqlar berilgan. Shuningdek, "Faxriy fuqaro" og‘ir jinoyat sodir etgan holda ushbu unvondan mahrum bo‘lishi mumkin.