Butun oilasi halok bo‘lganini eshitgan tojikistonlik yana shifoxonaga tushdi

Magnitogorskda oilasi halok bo‘lganini eshitgan Tojikiston fuqarosi Shuhrat Ulfatov hushidan ketadi.
Sputnik

TOShKENT, 29 yanv – Sputnik. Magnitogorskda portlashdan so‘ng omon qolgan Tojikiston fuqarosi Shuhrat Ulfatovga uning oilasi halok bo‘lganligi aytildi.

Magnitogorskdagi portlashdan so‘ng omon qolgan migrant shifoxonadan chiqariladi

Butun oila a’zolari halok bo‘lganini eshitgan Shuhrat hushidan ketdi. Bu haqda uning tog‘asi Baxtiyor Sultonov Sputnik agentligiga ma’lum qildi.

Shoshilinch yordam xizmati xodimlari uni shifoxona olib borishga qaror qilishdi.

Baxtiyor Sultonov so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda o‘ziga keldi.

Portlash oqibatida jabrlangan Ulfatovga oilasi haqida haqiqat aytilmayotgandi.

Hozirgi vaqtda Shuhrat Chelyabinskda. Tog‘asining so‘zlariga ko‘ra, ular kompensatsiya pulini olishlari kerak. Keyin esa Tojikistonga ketishadi.

Shuhrat oilasi bilan portlagan uyning oltinchi qavatida istiqomat qilgan.

Farzandlari bog‘chaga borishgan. Oila boshlig‘ining o‘zi qurilishda ishlagan, rafiqasi Rajabmo esa uy bekasi bo‘lgan.