Shavkat Mirziyoyevga Reyxstag devorlarida qoldirilgan yozuvlarni ko‘rsatishdi

Shavkat Mirziyoyevga Reyxstag devorlarida o‘zbekistonlik askarlar tomonidan 1945-yilda qoldirilgan yozuvlarni ko‘rsatishdi.
Sputnik

TOShKENT, 21 yanv - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 21-yanvar kuni Berlinda Bendestag raisi Volfgang Shoyble bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Mirziyoyev va Merkel uchrashuvi: O‘zbekiston va Germaniya 8 milliard yevrolik kelishuvga erishdi

Uchrashuv davomida O‘zbekiston prezidentiga Bundestag tarixi va faoliyati haqida so‘zlab berildi va uning tarixiy qismi bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi. Ma’lumot uchun: Bundestag binosi 1999-yilga qadar Reyxstag deb atalgan.  

Ekskursiya davomida Ikkinchi jahon urushi vaqtida o‘zbekistonlik askarlar tomonidan, Reyxstag devorlarida qoldirilgan yozuvlarni ko‘rsatishdi. 1945-yilning may oyida qoldirgan ko‘plab yozuvlar orasida “Tashkent” degan yozuv va o‘zbek askarlarning ismi shariflari ham bor ham bor.

Shavkat Mirziyoyevga Reyxstag devorlarida qoldirilgan yozuvlarni ko‘rsatishdi

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyovning Germaniya tashrifi 22-yanvarga qadar davom etadi. 22-yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Bavariya Bosh vaziri Markus Zoder hamda Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyevga Reyxstag devorlarida qoldirilgan yozuvlarni ko‘rsatishdi