Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi: milliardlik savdo va Reyxstagdagi yozuvlar

Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga rasmiy tashrif bilan keldi – bu O‘zbekiston rahbarining 18-yil davomida Germaniyaga birinchi tashrifi va Mirziyoyevning Yevropa ittifoqiga ikkinchi tashrifi bo‘ldi. Sputnik tashrif natijalarini tahlil qildi.
Sputnik

TOShKENT, 22 yanv – Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga birinchi tashrifining kun tartibiga - siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, yangi investitsiyalar v madaniy va ilmiy aloqalarni faollashtirish masalalari kiritildi.

Shavkat Mirziyoyevga Reyxstag devorlarida qoldirilgan yozuvlarni ko‘rsatishdi

Tashrifning birinchi kunida Germaniya siyosiy rahbariyati bilan uchrashuvlarga bag‘ishlandi – boshida Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer, keyin Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashdi.

“Siz mamlakatingizda keng qamrovli siyosiy islohotlarni amalga oshirishga kirishdingiz. Inson huquqlari va qo‘shni davlatlar bilan munosabatlar sohalarida katta yutuqlarga erishildi. Ushbu tashrif davomida biz sizni bu yo‘ldan, xususan fuqarolik jamiyati tarraqiyoti yo‘lidan ketishni davom etishga chorlamoqchimiz. Biz bu oson ish emasligini bilamiz va Germaniya siz uchun ishonchli hamkor bo‘lishni xohlaydi”, - RIA Novosti kansler so‘zlarini keltiradi.

Merkel va Mirziyoyev siyosiy muammolarni - Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish (kansler Toshkentning bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi) va Markaziy Osiyo bo‘yicha Yevropa Ittifoqining yangi strategiyasini  muhokama qilishdi.

Mirziyoyev va Merkel uchrashuvi: O‘zbekiston va Germaniya 8 milliard yevrolik kelishuvga erishdi

Germaniya, mamlakatda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlayotgani so‘nggi ikki yil ichida ortib borayotgan tovar ayirboshlash ko‘rsatkichi bilan chambarchas bog‘liq: agar 2016-yilda tashqi savdo xajmi 520 million dollar bo‘lgan bo‘lsa, 2018-yil 10 oy yakunida 712,1 million dollarni tashkil etdi. Tomonlar muzokaralarda yaqin vaqtlarda bu ko‘rsatkichni 1 milliard dollarga yetkazish maqsad qilib qo‘yishdi.   

Merkel bilan muzokaralar yakunida iqtisodiyot, savdo, moliya, ta’lim, ilm-fan va innovatsiya sohalari bo‘yicha 9 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.

Mirziyoyev tashrif arafasida amalga oshirilgan ikki tomonlama biznes-forumda kompaniyalar 8 milliard yevrodan ortiq (9 milliard dollar) shartnomalar imzolanganligi haqida xabar berildi.

Berlindagi muzokaralarga Germaniya parlamenti - Bundestag raisi bilan uchrashuv yakun yasadi. Mirziyoyev Volfgang Shoyble bilan ikki davlat qonun chiqaruvchi organlar o‘rtasida hamkorlik va hukumatni partament nazorati mexanizmlarini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuv davomida O‘zbekiston prezidentiga Bundestag tarixi va faoliyati haqida so‘zlab berildi va uning tarixiy qismi bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi. Prezidentga Ikkinchi jahon urushi vaqtida o‘zbekistonlik askarlar tomonidan, Reyxstag devorlarida qoldirilgan yozuvlarni ko‘rsatishdi.

Bundan keyin Mirziyoyev Munxenga yo‘l oldi. Mirziyoyev Bavariyada o‘qiyotgan, ishlayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan suhbatlashdi.

Bugun Shavkat Mirziyoyev Bavariya Bosh vaziri Markus Zoder hamda Germaniyaning yetakchi ishbilarmon va moliyaviy doiralari vakillari bilan uchrashadi.