Yo‘lovchi 3 kiloga yaqin zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga urindi

Bojxona xodimlari “Qobul-Toshkent” reysi bilan uchib kelgan fuqarodan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan zargarlik buyumlari borligi aniqlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroporti bojxona xodimlari “Qobul-Toshkent” reysi bilan uchib kelgan fuqarodan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan zargarlik buyumlari borligi aniqlashdi. Bu haqda O‘zbekiston davlat bojxona qo‘mitasi xabar qildi.

Toshkentda katta miqdorda kontrabanda mobil telefonlari ushlandi

Xabarda aytilishicha, “Qobul-Toshkent” reysi uchib kelgan fuqaro “qizil” yo‘lak orqali harakatlanayotgan paytda bojxonachilar uni belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazadi.

“...bahosi 10 million so‘mdan oshiq bo‘lgan jami 2928 gramm oq rangli metalldan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi”, - deyilgan xabarda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.