O‘zbekistonning navbatdagi raqibi - Yaponiya termasi bilan tanishamiz

Sputnik kolumnisti, 40-yillik tajribaga ega bo‘lgan futbol muxilisi Oleg Dmitriyev, Osiyo Kubogining eng kuchli jamoalaridan biri - Yaponiya terma jamoasi haqidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Sputnik

Yaponiyaning J-league – professional futbol ligasi 90-yillar boshida futbolda katta muvaffaqiyatlarga erishib mahalliy muxlislar yuragidan joy oldi. Bunday muvaffaqiyatga sabab bir tomondan braziliyaning mashhur o‘yinchilarini jalb qilish bo‘lsa, ikkinchidan – yevropalik murabbiylarni yollash bo‘lgan bo‘lsa ajab emas.

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi-2019 turniridagi ilk o‘yinini o‘tkazadi

Undan tashqari 80-yillar oxirida, Toyota konsernining homiyligi bois, Yaponiyada bir necha kontinentlar aro turnirlar hab bo‘lib o‘tgan edi. Yaponiyalik millionlab futbol muxlislari o‘z uylarida mashhur jamoalarning futbol o‘yinlarini tomosha qilish baxtiga ega bo‘lishgan edi.

Ushbu ommilar kunchiqar mamlakatida futbolning ildam rivojlanishiga, kerakli infratuzilma va mutaxassislar paydo bo‘lishiga olib keldi. 2002 ilda Yaponiya va Koreya birgalikda o‘tkazgan jahon chempionatiga juda yaxshi tayyorgarlik bilan yetib keldi.

O‘shanda Yaponiya jamoasi Rossiya ustidan g‘alaba qozonib 1/8 finalgacha yetib borgan edi. Nakamotoning yagona goli, rossiyalik himoyachilarning beparvoligi oqibatida  urilgan edi. Lekin o‘sha chempionatda Yaponiya jamoasi undan nariga o‘ta olmadi.

Shundan buyon Yaponiya yirik futbol musobaqalarida juda yaxshi o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. Terma jamoa katta muvaffaqiyatlarga erishdi deya olmasak-da, lekin ular juda qiziq, qandaydir ma’noda eksperimental va shu bilan birga intizomli (!) futbol namoyish qilishmoqda.

Rossiya 2018 mundiali

2018 yildagi jahon chempionatida Yaponiya yana bir bor hammani hayratda qoldirdi. Ayniqsa bukmekerlar  uchun juda kutilmagan natijalar bo‘ldi. Dastlab, jamoa Saransk shahrida Kolumbiya ustidan g‘alaba qozondi. Undan so‘ng Yekaterinburgda juda sifatli o‘yin ko‘rsatib Senegalni yengdi.

O‘zbekistonlik futbol muxlislari BAA aholisini hayratda qoldirishdi

Ushbu o‘yinni men tribunadan turib kuzatdim. Yorqin va qiziqarli o‘yin barcha muxlislarga manzur bo‘ldi desam adashmayman. Yagona golni oldin Rossiyaning SSKA jamoasida to‘p surgan legioner Keysuke Xonda urdi. U burchakdan tepilgan to‘pni o‘z vaqtida egallab olib uni raqib darvozasiga yo‘naltirdi. Ayni damda Keysuke Kambodja jamoasiga murabbiylik qilmoqda.

Rossiya mundialidagi Yaponiyaning uchinchi o‘yini juda g‘alati o‘tdi. Jamoa yarim kuch bilan, tashabbussiz va zerikazli o‘yin ko‘rsatdi va oqibata Polshaga 0:1 hisobida yutqazdi.

Lekin shunga qaramasdan Yaponiya guruhdan chiqdi. Senegal bilan ochkolar bir xil bo‘lsa-da, “yettinchi ko‘rsatgich” bo‘yicha, ya’ni sariq kartochkalar soni kamligi bo‘yicha Yaponiya oldinda edi.

Mundial 1/8 finalda ham Yaponiya juda qiziqarli o‘yin ko‘rsatdi. Ikkinchi taym boshida jamoa Belgiya ustidan 2:0 hisobida ustun kelayotgan edi, lekin ikkinchi taym oxirida samuraylarning charchoqligi yoki noto‘g‘ri strategiyasi tufaylimi, Belgiya uchta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu o‘yindan keyin hech kim Yaponiyani tashabbussiz va zerikarli o‘ynaydigan jamoa deyishga tili bormasdi.

Jamoani yoshartirish

Yevropalik murabbiylar uchun Osiyo jamoalari bilan ishlash murakkabligi sir emas. Ko‘p hollardan taklif qilingan murabbiylay jamoa bilan umumiy til topa olmaydi.  Masalan, Rossiya chempionatidan oldin Yaponiya termasining bosniyalik treneri Vaxid Xalilxodjich iste’foga chiqarilgan edi. Sabab – Yaponiya mentalitetini tushunmagani.  

Turkmaniston-O‘zbekiston: o‘ziga xos "nokdaun"

Uning o‘rniga 63 yoshli Akiro Nisina tayinlandi. Nisina jamoasi Rossiya mundialida yorqin va esda qolarli o‘yin ko‘rsatdi. Osiyo kubogida esa jamoani Xeyjime Moriyasu tayyorlamoqda.

Rostini aytganda, yangi murabbiyning jamoa a’zolarini tanlashdagi yondashuvi biroz kutilmagan bo‘ldi. Masalan, terma jamoada Yaponiyaning eng mashhur futbolchilaridan biri bo‘lgan Sindzi Kagava uchun o‘rin topilmagani.

Bunday qaror jamoada avlodlar almashinuvini ta’minlash uchun qabul qilingan bo‘lishi mumkin. Terma jamoaning yangi o‘yinchilariga  Bremenning “Verder” jamoasi futbolchisi Yuyya Osako, hamda "Galatasaray" o‘yinchisi Yuto Nagamoto yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiya – Osiyo Kubogining to‘rt karra chempioni: 1992, 2000, 2004 va2011 yillarda. Bu safargi chempionatda esa yosh jamoaga oldingi muvaffaqiyatlarni takrorlash ancha mushkul bo‘ladi.