Moskva viloyatidagi qurilishda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Moskva viloyatida olib borilayotgan demontaj ishlarida O‘zbekiston fuqarolari ustiga temir beton plita tushib ketdi.
Sputnik

TOShKENT, 15 yanv – Sputnik. Moskva viloyatidagi qurilishda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini beton plita bosib qoldi, bu haqda tergov qo‘mitasining hududiy boshqarmasining matbuot xizmati xabar qildi.  

Mamlakatdan chiqish solig‘i: Rossiya tadbirkorlari maxsus to‘lovni taklif qilishdi

Fojia Klin okrugida 14-yanvar kuni sodir bo‘ldi.

Huquq tartibot organ ma’lumotiga ko‘ra, ikki nafar o‘zbekistonlik eski uskunalar zavodi binosining temir beton plitalarini demontaj qilayotgan bo‘lgan.

Ish jarayonida beton to‘siqlardan biri qulab tushib, migrantlarni bosib qoldi.

Buning oqibatida 27 va 29 yoshli O‘zbekiston fuqarolari jarohat olib voqea joyida halok bo‘lgan.

Ushbu holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi.