Mamlakatdan chiqish solig‘i: Rossiya tadbirkorlari maxsus to‘lovni taklif qilishdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishAeroport "Domodedovo"
Aeroport Domodedovo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“AVANTI” tadbirkorlar uyushmasi a’zolari bu haqda murojaatni Davlat dumasi spikerlari nomiga yuborishdi.

TOShKENT, 15 yanv – Sputnik. “AVANTI” tadbirkorlar uyushmasi a’zolari mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qilishdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Ekspertno-kriminalisticheskiy sentr GU MVD Rossii po Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya vizasiz migrantlarga yangi tartib joriy etmoqchi

Murojaat SovFed va Davlat dumasi spikerlari Valentina Matviyenko va Vacheslav Volodin nomiga yuborilgan. Bu tashabbus ichki turizmini rivojlantirish masalalari bilan bog‘liq.

Ushbu to‘lov 500 rubl bo‘lishi mumkin.

Tadbirkorlar fikriga ko‘ra, Rossiya fuqarosi yoki xorijiy fuqaro mamlakatdan chiqishda, chegarani kesib o‘tayotganda bu soliqni to‘lashi kerak.

Bu nafaqat ichki turizmni rivojlantiradi, balki davlat budjetiga yiliga 35 milliard rubl qo‘shimcha daromad olib kelishi mumkin.  

O‘zbekistonda bunday soliq yo‘q. Ilgari respublika fuqarolari chet elga (MDHning ayrim davlatlaridan tashqari) maxsus chiqish OVIR stikerlari orqali chiqishgan. Uning amal qilish muddati ikki yil bo‘lgan.

2019 yildan boshlab mamlakatda alohida xorijiy pasportlar joriy etildi. 1-yanvardan bu hujjatni rasmiylashtirish uchun 243 ming so‘m miqdorda to‘lov to‘lanishi zarurligi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0