Bankomatlar orqali naqd pul yechib olish hajmi 50 baravar oshdi

O‘zbekistonda o‘tgan yil davomida bank kartalaridan naqd pul yechib olish hajmi 4 baravar, shundan aynan bankomatlar orqali yechib olish 50 baravar oshgan.
Sputnik

TOShKENT, 15 yanv – Sputnik. O‘tgan 2018-yilda bank kartalaridan yechib olinayotgan naqd pul hajmi 4 baravar oshdi, deb xabar qilmoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Markaziy bank tijorat banklar tomonidan qonun buzilishining oldini oldi

Markaziy bank hisobotida keltirilishiga ko‘ra, 2018-yilda bank kartalaridan yechilgan jami pullar hajmi 2017-yilga nisbatan 4 barobarga oshib, 12,29 trln. so‘mni tashkil etgan.

Aynan bankomatlar orqali yechib olingan pullar hajmida to‘xtaladigan bo‘lsak, 2017-yilda faqat 98 milliard so‘m bankomatlar orqali yechib olingan edi. 2018-yilda esa bankomatlar orqali – 4,9 trillion so‘m olingan. Bu 50 baravar ko‘p degani.

Aytish joizki o‘tgan yil davomida respublikada plastik kartalar orqali hisob-kitob qilish va bankomatlar o‘rnatish jarayoni jadal olib borildi.

Bankomatlar orqali naqd pul yechib olish hajmi 50 baravar oshdi

MB hisobotiga ko‘ra, bugungi kunda muomalada bo‘lgan plastik kartalar soni bo‘yicha quyidagi banklar yetakchilik qilmoqda: Xalq banki -3,4 mln, “Agrobank”– 2,4 mln, Milliy bank – 2 mln, Asaka bank – 1,8 mln va Ipoteka bank – 1,4 mln dona.

Bankomat va infokiosklar soni bo‘yicha yetakchi banklar esa quyidagilar: Kapital bank – 2650 ta, Agrobank – 617 ta, Hamkorbank – 605ta, InvestFinans bank – 521ta va  Milliy bank – 439ta.