O‘zbekistonda biletlar elektron sotiladi

2020 yil 1-yanvargacha Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimi yaratiladi.
Sputnik

TOShKENT, 12 yanv  — Sputnik. Hukumat qarori bilan Bilet operatsiyalarining yagona elektron tizimi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Karim Mirhodiyev "Yevraziya" kinofestivalida eng yaxshi aktor deb topildi

Bu haqda Adliya vazirliginining "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1-yanvargacha Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimi yaratiladi.

Mazkur tizimda madaniyat va san’at sohasidagi, shu jumladan kinoteatrlar, teatrlar, tadbirlarning biletlari elektron sotiladi.

Qarorda elektron bilet sotish uchun yuridik shaxslarning tizimga ulanish sxemasi berilgan.