TOShKENT, 10 yanv – Sputnik. O‘zbekistonlik Olamafruz Abdullayev birinchilardan Tojikiston fuqarosi Shuhrat Ulfatovni vayronalari ostida aniqlab, uni qutqarishga yordam berdi.
Olamafruz Sputnik Tojikistonga vayronlar ostida qolgan fuqarolarni qanday chiqarib olganligini aytib berdi.
O‘zbekistonlik tojikistonlikni qutqardi
Abdullayev 31-dekabrda erta tongda namoz o‘qish uchun uyg‘onadi. Kuchli portlash ovozini eshitgach ko‘chaga yugurib chiqadi. Ro‘parada joylashgan uy podyezdi qulab tushgan ekan. Hech o‘ylamasdan 23 yoshli o‘zbekistonlik vayronalar tomon yuguradi.
Qavatlarning birida u yig‘layotgan ayol bilan bolani ko‘rib qoladi. Olamafruz vayronlar ustidan tepaga chiqib, qutqaruvchilar kelishiga qadar pastga tushishga yordam berdi.
Keyin ayollardan biri undan uchinchi qavatda o‘g‘lini qidirishga yordam berishni so‘radi.
Abdullayev vayronalarga qaytib chiqadi va u yerda 26 yoshli tojikistonlik Shuhrat Ulfatovni vayronalar ostida topadi.
“Shuhratni uchinchi qavatda topdim. Uning oyoqlari beton ostida qolgandi. Men o‘zim uni chiqara olmadim va FVV xodimlari yordamini kutdi”, - dedi Olamafruz.
Shu vaqtda tojikistonlik ko‘plab jarohat olgandi.
“Shuhrat hammasini tushunib turgandi. Boshida bir rus tilida gaplashgandik, keyin u tojik ekanligini bilib olganimdan so‘ng, biz tojik tilida gaplashishni boshladik. Uning og‘zidan qon oqayotgandi. Men u bilan birga uyda yana kim bo‘lganni so‘radim. U xotini bolalari bilan uydan chiqqanligini aytadi”, - dedi u.
Afsuski, keyinchalik Ulfatovning butun oilasi portlash oqibatida halok bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekistonlik yigit Shuhratni taxminan soat 7 da topadi. Biroq, soat 13 da uni vayronalar ostidan chiqarishib, kasalxonaga olib borishadi. Bu vaqt davomida Olamafruz jabrlangan fuqaro bilan birga bo‘lgan.
“U juda xavfli joyda bo‘lgan, shuning uchun qutqaruvchilar beton devorni yorib tashlashdi. Bunday holatda omon qolish – bu Ollohning mo‘jizasi”, - dedi Olamafruz.
Keyin Olamafruz qutqaruvchilar bilan ishni davom ettirdi.
“Men qutqaruvchilarga odamlarni ko‘rgan joylarni ko‘rsatdim, keyin biz u yerga chiqdik”, - deb eslaydi Abdullayev.
Keyinchalik u uyning birida yong‘inni o‘chirib, pensionerni qutqardi.
“Biz yana bir nechta kishini vayronalar ostidan chiqardik. Shu kuni men sakkiz kishiga yordam berdim”, - deb qo‘shimcha qildi u.
Abdullayev Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. Termezda kollejni tamomlagan. U O‘zbekiston fuqarosi, kelib chiqishi esa tojik, o‘zbek va tojik tilida erkin so‘zlasha oladi.
Rossiyaga esa sakkiz yil oldin kelgan.
Yigitning yoshi 23da, qurilishda ishlaydi. Bo‘sh vaqtida “kudo” sport turi bilan shug‘ullanadi.
Ulfatovning amakisi Baxtiyor Sultonov va O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vakillari Olamafruzga minnatdorlik bildirishdi.
O‘zbekistonlik yigit esa o‘zini qahramon deb hisoblamaydi.
Magnitogorskdagi fojia
2018 yil 31-dekabr kuni Rossiyaning Chelyabinsk viloyati Magnitogorsk shahrida maishiy gaz portlashi oqibatida ko‘pqavatli uylarning birining podyezdi o‘pirilib tushdi.
Favqulodda holat yuz bergach kasalxonaga zudlik bilan besh nafar jabrlanuvchi yetkazildi.
Oradan bir sutka o‘tgach, bino vayronalari uyumlari ostida 11 oylik bolakay topildi va u Moskvaga evakuatsiya qilindi.
Bolakay ahvoli stabil deb baholangan va sog‘lig‘ida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Qutqaruvchilar esa qo‘l mehnati yordamida uyumlarni tekshirishda davom etishmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu fojiada 39 nafar kishi halok bo‘ldi.