TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida 2019-yil 5-yanvar kuni “Baxmalsoy” MFY hududidagi fermer xo‘jaligiga qarashli dala maydonida joylashgan “Guliston Dav Suv Maxsus pudrat” DUKga tegishli ishchi xodimlarni dam olish uchun mo‘ljallangan temir vagonida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida vagonining yog‘och qoplamasi yonib zarar ko‘rgan hamda Guliston tumanida yashagan, yuqoridagi unitar korxonaning ishchisi bo‘lgan M.M.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.
Yong‘in kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.