Buxoro ziyoratchi-turistlar uchun qaytadan kashf etiladi

Buxoroda ilk marotaba ziyorat turizmini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. Joriy yil 21-23 fevral kunlari Buxoroda ziyorat turizmi bo‘yicha birinchi Xalqaro forum bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasiga tayangan holda Kabar agentligi xabar qildi.

O‘zbekiston malayziyaliklar uchun ziyorat turlarini ishlab chiqmoqda

Forum ziyorat-turizmi sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekistonni dunyodagi eng yirik ziyorat turizmi markazlaridan biri sifatida tan olinishini ta’minlash, shuningdek, mamlakatni chet el ziyoratchi-turistlariga yanada tanitish va jozibador turistik yo‘nalishlaridan biri sifatida ochib berish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish hamda xalqaro "Halol" standartlarini joriy etish maqsadida o‘tkaziladi.

Forum ishida olimlar, teologlar, ekspertlar va ziyorat-turizmi sohasidagi mutaxassislar ishtiroki kutilmoqda.

Tadbir ishtirokchilari ziyorat joylar va Buxorodagi ziyorat-turizm obyektlari bo‘ylab ekskursiyalar tashkil etiladi.

Bundan tashqari, forumda ziyorat-turizmi, ziyorat turizmi infratuzilmasini rivojlantirish uchun investitsiya va grantlarni jalb qilish masalalari muhokama qilinadi.

Kutilishicha, forum ishtirokchilari tomonidan islom madaniyati va sivilizatsiyasi rivojida O‘zbekiston madaniy-tarixiy markazlari roli to‘g‘risida Deklaratsiya qabul qilinadi va chet ellik sheriklar bilan investitsion shartnomalar tuziladi.