O‘zbekistonda yagona soliq to‘lov stavkalari tasdiqlandi

Yagona soliq to‘lovi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 4 foiz miqdorida belgilandi.
Sputnik

TOShKENT, 28 dek – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

Behzod Musayev soliq qo‘mitasiga rais etib tayinlandi

Qarorga muvofiq yagona soliq to‘lovi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 4 foiz miqdorida belgilandi.

Bundan tashqari sohalar bo‘yicha yagona soliq to‘lovi stavkalari quyida keltirilgan:

- bojxona brokerlari – 5%;

- lombardlar – 25%;

- konsert-tomosha ko‘rsatishdan daromad oluvchi yuridik shaxslar – 5 %.

 Umumiy ovqatlanish korxonalari joylashgan joyiga qarab:

- aholisi 100 ming kishidan ko‘p shaharlarda – 8%;

- boshqa aholi punktlarida – 6%;

- borish qiyin bo‘lgan va tog‘li hududlarda – 4%;

- ta’lim muassasalarida xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish korxonalari – joylashgan joyiga qarab belgilagangan stavkaning 75 % miqdorida.

Soliq qarzini plastik kartadan so‘zsiz undirish tartibi tayyorlandi

Chakana savdo sohasida soliq to‘lovchilar joylashgan joyiga qarab:

- aholisi 100 ming kishidan ko‘p shaharlarda – 4%;

- boshqa aholi punktlarida – 2%;

- borish qiyin bo‘lgan va tog‘li hududlarda – 1%;

- alkogol, tamaki, benzin, dizel yoqilg‘isi, siqilgan va suyultirilgan gaz realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar – 4 %;

- ulgurji savdo korxonalari – 4%.

Dorixonalar joylashgan joyiga qarab:

- aholisi 100 ming kishidan ko‘p shaharlarda – 3%;

- boshqa aholi punktlarida – 2%;

- borish qiyin bo‘lgan va tog‘li hududlarda – 1%.