Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini yana bir yengilmas bokschiga qarshi o‘tkazadi

Maykl Foks amerikalik bokschi va professional boksda 19 marotaba ringga ko‘tarilib, barchasida raqiblarini taslim etgan.
Sputnik

TOShKENT, 21 dek - Sputnik. Professional bokschi Shohjahon Ergashev 2019-yilning 23-fevralida Nyu-York shahrida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi, deb xabar qildi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Samarqandda boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionlari aniqlandi

Shohjahon Ergashevning navbatdagi raqibi sifatida amerikalik yengilmas Maykl Foks ringga ko‘tariladi.

Shohjahon shu kungacha professional boksda 16 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan (15 tasi nokaut bilan). Uning raqibi Maykl Foks esa 19 marotaba jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini taslim etgan. Janglarining 5 tasida u muddatidan oldin g‘alaba qozongan.

O‘zbekistonlik nokautchi bokschi Shohjahon Ergashev chempionlik kamarini himoya qiladi˃˃˃