O‘zbekiston va Qozog‘iston fevral oyida Silk visani joriy etishni rejalashtirmoqda

Loyiha maqsadi - chet el davlatlaridan dam oladiganlarni jalb qilish, turistlar oqimini ko‘paytirish
Sputnik

TOShKENT, 20 dek – Sputnik. O‘zbekiston Qozog‘iston bilan hamkorlikda 2019-yilning fevral oyida shengen vizaning muqobili - Silk visani yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Tojikiston Markaziy Osiyoda "ipak yo‘li vizasi" joriy etilishini qo‘llab-quvvatladi

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Qosimxodjayev jurnalistlarga ma’lum qilishicha - ushbu loyihadan maqsad - chet ellik sayyohlar oqimini jalb qilish.

Markaziy Osiyo bo‘yicha yagona bo‘lgan "ipak viza" haqida joriy yil iyun oyida ilk bor tilga olingan edi. Ushbu g‘oya O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. G‘oya Qozog‘iston Respublikasi xalqaro munosabatlar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi Dariga Nazarboyevaga tegishli.

Nazarboyeva, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan viza baryerlari olib tashlanishi tarafdori.

Bundan tashqari, O‘zbekiston yaqin orada 22 davlat uchun vizasiz rejim tartibini joriy etmoqchi. Hozirgi kunda maxsus hujjatlarsiz mamlakatga sakkizta davlat fuqarolari kirish huquqiga ega, soddalashtirilgan tartib esa 50ta mamlakat uchun amal qilmoqda.