Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi tubdan takomillashtiriladi - prezident qarori loyihasi

Qaror loyihasida qayd etilishicha, 2019-yil 1-yanvardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi tugatiladi.
Sputnik

TOShKENT, 17 dek – Sputnik. “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Bog‘chaga bormaydigan bolalarga majburiy boshlang‘ich ta’lim beriladi

Qaror loyihasida 2019-yil 1-yanvardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi tugatish va uning bo‘shayotgan shtat birliklari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga o‘tkazish haqida band keltirilgan.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tugatilayotgan Markazning barcha huquqlari, aktivlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda markaz xodimlarini ish bilan ta’minlash yuklatish haqida topshiriq yozilgan.

Qaror loyihasiga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berish nazarda tutilgan:

2019 yil 1-yanvardan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) (yoki unga tenglashtirilgan xorijiy davlatlar) ilmiy darajalariga ega xodimlariga 30 foiz, fan doktori (Dostor of Science) (yoki unga tenglashtirilgan xorijiy davlatlar) ilmiy darajasiga ega xodimlariga 35 foiz oylik ish xaqiga ustamalar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lab berish;

Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim tizimini keskin tanqid qildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga markaziy apparat xodimlariga vazirlikning Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:

oliy va o‘rta maxsus ta’lim ta’lim tizimida xizmat qilgan umumiy ish staji uchun lavozim maoshiga quyidagi miqdorlarda oylik ustamalar to‘lash:

3 yildan 5-yilgacha – 10 foiz; 5-yildan 10-yilgacha – 20 foiz; 10-yildan 20-yilgacha – 30 foiz; 20-yildan ortiq – 40 foiz;

xizmat vazifalarini to‘liq va o‘z vaqtida bajarib kelayotgan xodimlarga lavozim maoshining 200 foizi miqdorigacha oylik ustamalar belgilash huquqini berish.

“Markazining Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, Metrologik nazorat xizmati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari hamda tasarrufidagi kasb-hunar kollejlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining idoraviy bo‘ysunuviga o‘tkazilsin”, - deyilgan loyihada.

Qaror loyihasiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tashkiliy tuzilmasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari namunaviy tuzilmasi hamda respublikada oliy ta’lim sifatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ilova qilingan.