TOShKENT, 13 dek - Sputnik. MDH mamlakatlarida 15 % aholi boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tishni orzu qilar ekan. Bu AQShning Gallup kompaniyasi o‘tkazgan so‘rovda ma’lum bo‘ldi.
MDH mamlakatlari aholisi eng norozi bo‘lgan davlat – Armaniston ekan. Ushbu mamlakatning 47 % odamlari boshqa davlatga ko‘chib o‘tishni orzu qilishar ekan. Ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha Armaniston Suriya va Kosovodan ham o‘zib ketgan.
Manbaa xabariga ko‘ra, bugungi kunda butun dunyoda 750 million kishi boshqa mamlkatga ko‘chib o‘tishga tayyor ekanini bildirgan.
MDH miqyosida migrantlar uchun eng jozibali mamlakat Rossiya deb tan olingan. Butun dunyodan 8 million kishi Rossiyaga ko‘chib o‘tish istagi boriligini bildirgan.
Dunyoning eng jozibali mamlakatlari reytingida AQSh birinchi o‘rinni egallagan. Potensial migrantlarning 21 %(158 mln) AQShga ko‘chib o‘tishni istagini bildirgan. Ikkinchi o‘rinda Kanada – 6%, Germaniya - 6 %, Fransiya – 5% va boshqa mamlakatlar.