TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Rossiya Inson huquqlar bo‘yicha kengash rahbari Mixail Fedotov uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etgan migrantlar uchun yangi jazo turini joriy etishni taklif qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.
“Majburiy saqlab turish joylarimizda qolayotgan kishilar sonini xorijiy fuqarolarga nisbatan javobgarlik chorasini insonparvarlashtirish hisobiga sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Kengash Jinoyat kodeksiga yengil va o‘rtacha og‘ir jinoyatlarni sodir etgan xorijiy fuqarolarni Rossiyadan chiqarib yuborish va bir necha yil davomida kirishni taqiqlab qo‘yish haqidagi moddani kiritishni taklif qiladi”, - dedi Fedotov.
Mazkur chora deportatsiya tartibini o‘zgartirishga imkon beradi va migrant Rossiyadan chiqarib yuborishlarini kutib, xorijiy fuqarolarni saqlash markazida uzoq muddat davomida qolib ketmaydi, deb ta’kidladi.