TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Istanbulda bo‘lib o‘tgan musulmon davlatlar o‘rtasidagi pazandachilik chempionatida O‘zbekiston jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egalladi.
Bu haqda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Mohir oshpazlar halol taom tayyorlash bo‘yicha kuch sinashishdi. O‘zbekiston sharafini Xalqaro o‘zbek pazandachiligi san’ati markazi usta-oshpazi Ahmad Hamdamov va ushbu markaz bitiruvchisi Nodir Tohirjonov himoya qilishdi. Tanlov yakunida ular tayyorlagan taomlar birinchi o‘ringa sazovor deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2018 yil 1-fevraldan "Halol" oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha umumiy qo‘llanma - Oz DSt 3286:2018 joriy etilgan edi.
"Halol" standartlarida mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish va markalash jarayonlari islom qoidalariga muvofiq bo‘lishi talab etiladi.