O‘zbekiston terrorizm jahon indeksida nechanchi o‘rinda

Boyeviki dvijeniya Taliban
Iroq, Afg‘oniston va Nigeriya yetakchi uchlikka kiritilgan. Tojikiston 74-qatordan o‘rin olgan.
Sputnik

TOShKENT, 5 dek - Sputnik. O‘zbekiston terrorizm jahon indeksi ro‘yxatining qariyb eng oxirgi qatorida, ya’ni 2018-yilda 134-o‘rinni egallagan. Avstraliya jahon va iqtisod tadqiqoti instituti ma’ruzasiga asosan.

Iroq, Afg‘oniston va Nigeriya yetakchi uchlikka kiritilgan. Tojikiston – o‘rtada, 74-qatorda, Rossiya esa 34-qatorda joylashgan.

Terrorizm jahon indeksi (GTI) “terrorizm ta’sirini” aks ettiradi va turli ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari hamda radikal oqimlar paydo bo‘lishining geosisosiy omillari tahlilida tuziladi. Reytingda jami 163 ta davlat keltirilgan.

Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Kamilov Jenevada Afg‘oniston masalasini muhokama qiladi

O‘zbekiston terrorizmga qarshi faol kurash olib bormoqda. 21-24 noyabr kunlari ushbu muammoni xalqaro miqyosida “O‘zbekiston-Yevropa”  Hamkorlik kengashi majlisida va “Yevropa ittifoqi-Markaziy Osiyo” hududlararo uchrashuv doirasida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov muhokama qilgan edi.