Shavkat Mirziyoyev Pan Gi Munni qabul qildi

BMT sobiq Bosh kotibi Pan Gi Mun Shavkat Mirziyoyev bilan Orol dengizi mintaqasida hamkorlik loyihalarini muhokama qildi.
Sputnik

TOShKENT, 28 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni BMT sobiq Bosh kotibi, bugungi kunda Yashil taraqqiyot global instituti assambleyasi va Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining Etika bo‘yicha komissiyasi rahbari Pan Gi Munni qabul qildi, deb xabar qilmoqda O‘zA.

Pan Gi Mun Mirziyoyevga Koreya bilan aloqalarni rivojlantirayotgani uchun minnatdorlik bildirdi

Pan Gi Mun O‘zekistonga Nukusda bo‘lib o‘tgan Orolbo‘yi hududida ekologik vaziyatni yaxshilash masalalari hamda bu jarayonda koreys diasporasining roliga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan. 

Shavkat Mirziyoyev Pan Gi Munning butun dunyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga,  zamonaviy global tahdid va xatarlarga qarshi kurashishga qo‘shgan xizmatlarini alohida ta’kidladi va Orol fojiasining salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalariga qaratishga qo‘shgan shaxsiy hissasini yuksak baholandi. 

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Orol dengizi mintaqasida ustuvor loyihalarni amalga oshirishda xalqaro institutlar va tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Xususan, O‘zbekiston prezidentining inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosidagi trast jamg‘armasini va Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazini tashkil etishga oid takliflari to‘liq qo‘llab-quvvatlandi.

Pan Gi Mun 15ta mamlakatni qarzi tufayli ovoz berish huquqidan mahrum qildi

Shuningdek, 2018-2021 yillarda Orolbo‘yi hududini rivojlantirish bo‘yicha Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan Orolbo‘yi hududida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, ekologik muammolarni bartaraf etish, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimini rivojlantirish, infratuzilmani takomillashtirish kabi sa’y-harakatlari alohida qayd etildi.

Undan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish va strategik sheriklikni mustahkamlash yuzasidan ham fikr almashildi.

Pan Gi Mun davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohot va yangilanishlarni yuksak baholadi.