Sergelidagi chaqaloqning vafotiga emlash sabab bo‘lmagan - vazirlik

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, chaqaloqning vafotiga emlash sabab bo‘lmagan. Bolaga tashxis qo‘yish va davolash jarayoni vazirlik mutaxassislar hamda huquq-tartibot organlari tomonidan chuqur o‘rganilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Toshkentning Sergeli tumanidagi chaqaloqning vafotiga emlash sabab bo‘lmagan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligining matbuot xizmati xabar qildi.

Braziliyada chaqaloq zaharli chayon yetti marta chaqqandan keyin omon qoldi

Vazirlikda qayd qilinishicha, mutaxassislar emlashga bog‘liq bo‘lgan hamma ma’lumotlarni, xususan uning standartlarga mosligi, miqdori va muddati kabi jihatlarini ham chuqur o‘rganib chiqishgan.

Tekshiruv emlash ushbu noxush hodisaning sababi bo‘lmagani ko‘rsatdi, chunki 2018-yil 24-avgustda Sergeli tumani 10-oilaviy poliklinikada jami 128 nafar bola emlangan

“O‘tkazilgan tahlillar nafaqat ushbu bolada, balki emlanganlarning birortasida ham emlashdan so‘ng yuz berishi mumkin bo‘lgan noxush xolatlar kuzatilmaganligini ko‘rsatdi”, - deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitar epidimiologiya nazorati bosh boshqarmasi boshlig‘i Dilmurod Mirzaboyev.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda har oyda 2 yarim million nafar bola milliy emlash kalendari asosida vaksinalar bilan emlanadi va ularning emlashdan keyingi holati doimiy ravishda o‘rganib boriladi.

“Shu paytgacha ushbu vaksinalar bilan bog‘liq salbiy holatlar biror marta bo‘lsa-da, ro‘yxatga olinmagan. Jumladan, poliomiyelit va pnevmokokk vaksinalariga umuman tibbiy cheklov yo‘q, ular o‘lim bilan bog‘liq asoratlarni umuman keltirib chiqarmaydi. Bu Jaxon sog‘liqni saqlash tashkilotining nufuzli ekspertlari tomonidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlarda ham isbotlangan”, - dedi Mirzaboyev.

Shodmonov: ortiqcha dabdababozliklar chaqaloq salomatligiga salbiy ta’sir qiladi

Eslatib o‘tamiz, bola 2018-yil 24-avgustda Sergeli tumani 10-oilaviy poliklinikada bolalar shifokori N.Rasulova tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va reja asosida 2 oylikdagi emlashga ruxsat berilgan. O‘sha kuni bolaning onasi E.X farzandiga poliomiyelit va pnevmokokkga qarshi vaksinalarni olgan. Emlash maxsus ruxsatnomasi bo‘lgan hamshira M.Salikova tomonidan amalga oshirilgan.

Oradan ikki kun o‘tib, ya’ni 26-avgust, soat 11.00larda bolaning tana harorati 38,5 darajaga ko‘tarilgani kuzatilganligi uchun tez yordam chaqirilgan hamda bemorga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, 3-shahar bolalar klinik shifoxonasiga olib borilgan. Nevropatolog shifokor Sh.Nasrullayev tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, “Talvasa sindromi. Somatogen asoslangan. Bosh miya shish xavfi” tashxisi qo‘yilib, muolaja qilingan. Ammo 28-avgust kuni soat 19.30da bola ahvoli og‘irlashavergach Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining bolalar reanimatsiyasi bo‘limiga o‘tkazilgan. Bolaga kerakli davo choralari ko‘rsatilishiga qaramay, bemor 30-avgust kuni markazda vafot etgan.