O‘lik kashalot oshqozonidagi buyumlar odamlarni dahshatga soldi

Indoneziyada o‘lik kashalot oshqozonidan 6 kg plastik stakanlar, idishlar, arqon va boshqa tashlandilar topilgan.
Sputnik

TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Indoneziyada Kapota orolidagi Vakatobi Milliy parki qirg‘og‘ida mahalliy aholi o‘lik kashalotni topishgan.

Kelib chiqishi noma’lum ulkan "axlat oroli" Tailand kurortlariga qarab suzmoqda

Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi (WWF) o‘zining Twitterdagi sahifasida ma’lum qilishicha, ekologlar qoldiqlarni o‘rganib chiqib, kashalotning o‘limiga plastikda bo‘lgan zararli moddalar birikmasi yetarlicha sabab bo‘lishi mumkinligi aniqlashgan. 

Kashalot oshqozonida 115 ta plastik stakanlar, to‘rtta plastik idish, 25 ta paket, vazni 3,26 kilogrammli arqon, 19 ta qattiq plastik parchalari va bir juft poyabzal yig‘ilgan. Jami olti kilogramm plastik qoldiqlari kashalot oshqozonidan chiqarib olingan.

Dunyo okeanidagi 80 foiz tashlandilarni plastik tashkil etadi. Olimlar prognoziga ko‘ra, 2050-yilga kelib okeanda baliqdan ko‘ra plastik axlatlar ko‘p bo‘ladi.