TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Xalqaro politsiya tashkilotiga rahbar etib Janubiy Koreya vakili Kim Chon Yan tayinlandi, deb xabar qilmoqda Interpol rasmiy Twitter kanali. Prezident saylash marosimi Dubayda Interpol Bosh assambleyasining 87 sessiyasida bo‘lib o‘tdi.
Kim Chon Yan oldin Interpolning katta vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelgan. Undan oldin prezidentlik qilgan Xitoy vakili Men Xunvey oktabr oyida o‘z vatanida korrupsiyada ayblanib hibsga olingan edi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin ushbu lavozimga ayni damda Interpolning Yevropa bo‘yicha vitse prezidenti lavozimida ishlab kelayotgan Rossiya vakili Aleksandr Prokopchuk ham nomzod edi.
OAVlarda AQSh va Ukraina, Rossiya vakilining Interpolga rahbar etib saylanishiga qarshi fikrlar bildirishgan edi. Rossiya IIVi Rossiya vakiliga qarshi qaratilgan ushbu kampaniyani “hech qanday assossiz, faqat siyosiy manfaatlarga asoslangan” deb atagan edi.