Saratov viloyatida yuk poyezdi avtobus bilan to‘qnashdi: besh nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Avtobusda jami 7 nafar kishi bo‘lgan. Halok bo‘lganlar barchasi O‘zbekiston fuqarolari, ikki nafar Qozog‘iston fuqarolari jabrlangan.
Sputnik

TOShKENT, 17 noya  — Sputnik. Bugun, 7-noyabr kuni Saratov viloyati Ozinsk tumanida YTX sodir bo‘ldi.

Orenburgda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus buzilib qoldi

Tartibga solinmagan temir yo‘l kesishmasida yuk poyezdi “Saratov-Ulyanovsk” yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus bilan to‘qnashdi. Avtobus ichida 7 kishi bo‘lgan.

Avariya oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. RIA Novosti Qozog‘istonning Astraxandagi konsuli Qanat Shekkaliyevga tayangan holda ma’lum qilishicha, barcha halok bo‘lganlar - O‘zbekiston fuqarolari.

Ikki nafar jabrlanganlar, haydovchi va uning yordamchisi Qozog‘iston fuqarolari. Ular shifoxonaga yotqizildi.

Buyurtma avtobusi Saratov-Ulyanovsk yo‘nalishida harakatlanayotgan bo‘lgan.

Hodisa bo‘yicha tekshiruv ishlari boshlandi.