TOShKENT, 14 noya - Sputnik. O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasini qayta tuzishni taklif etmoqda, bu haqda 2025-yilgacha turizmni rivojlantirish konsepsiyasi loyihasida aytilgan.
Hujjat matniga ko‘ra, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasini bir nechta raqobatlashuvchi kompaniyalarga ajratish taklif qilingan: aviatashuvchi, aeroportlar boshqaruvi va aviatsiyani tartibga solish organni ajratib turuvchi kompaniya.
Shuningdek, davlat yirik xalqaro aviatashuvchilarni hamkorlikka chorlash va loukosterlar parvozini tashkil qilish rejalashtirgan.
Bundan tashqari, mamlakatda ichki qatnovlar rivojlantiriladi. Hozirgi kunda hududlar o‘rtasidagi barcha aviaparvozlar Toshkent shahri orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston hukumati rejalarida yangi xalqaro aeroportlarni qurish va eskilarini qaytadan ta’mirlash o‘rin olgan.
Ekspertlarning fikriga ko‘ra, ushbu barcha chora-tadbirlar aviakompaniyalar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirish va aviachipta narxlarini pasaytirishgan yordam beradi.