TOShKENT, 13 noya — Sputnik. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati samaradorligini amalga oshirish chora tadbirlari haqida prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.
Qaror loyihasiga ko‘ra, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “O‘zbekko‘mir” AJ ustav fondidagi 45 foiz ulushini ishonchli boshqaruvga berish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida “ProgressGorTex” MChJ sho‘’ba ho‘jalik jamiyati tashkil etish uchun “ProgressGorTex” MChJ (Rossiya) sho‘ba ho‘jalik jamiyatini jalb etishga rozilik berilishi mumkin.
"O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga ikki oylik muddatda ishonchli boshqaruvchi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “O‘zbekko‘mir” AJ ustav fondidagi 45 foiz ulushini 3-yil muddatga ishonchli boshqaruvga berish bo‘yicha muzokara o‘tkazsin va shartnoma tuzilishini ta’minlasin", - deyilgan loyihada.
Shuningdek, “O‘zbekko‘mir” AJ biznes rejasi ko‘rsatgichlari barilsa shartnoma muddatini uzaytirilishi mumkin.
Qaror loyihasi 28-noyabrgacha muhokama qilinadi.