TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Toshkentda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari o‘z o‘g‘lini sotib yubormoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olinganini xabar qilishdi.
“Joriy yilning 5-noyabr kuni Toshkent shahar IIBB Terrorizm va ekstremizimga qarshi kurashish boshqarmasi va Bosh Prokuratura huzuridagi IJQK Departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Xorazm viloyati Xazorasp tumanida yashovchi 20 yoshli N.Yo. (ismli ayol) Toshkent shahar Yashnabod tumanida joylashgan “Iltifot” qaxvaxonasida 2017-yil 4-noyabr kuni tug‘ilgan o‘g‘lini 1 000 AQSh dollariga sotib yuborayotgan vaqtida qo‘lga olindi”, - deyilgan xabarda.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.