TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bir vaqtlar uchgan Tu-154M samolyoti sotuvga qo‘yildi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Xabarda aytilishicha, samolyotning boshlang‘ich narxi 2 million dollardan ko‘proqni tashkil qiladi.
Savdolarda ushbu summadan 10 foiz bo‘nak kiritadigan istalgan tashkilot yoki shaxs ishtirok eta oladi.
1995 yilda ishlab chiqarilgan EW-85815 bort raqamiga ega samolyot uchun savdolar Minsk aeroportida 5-dekabrda boshlanishi rejalashtirilgan.
“Belavia” aviakompaniyasida samolyot davlat rahbari tomonidan qo‘llangani haqidagi ma’lumotni tasdiqlash yoki rad etishga haqli emasliklari aytilgan.
“Biz savdoga qo‘yilgan samolyotning ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumotni bera olamiz”, - deb ta’kidladi aviakompaniya vakili.
Lukashenko samolyoti haqidagi ma’lumot uning Xitoyga 2016-yildagi safari vaqtida paydo bo‘lgan.
Prezidentga tegishli Tu-154M Novosibirskda qo‘nib o‘tgan va aynan shu yerda qayd qilingan.