Chechenistonda geylar ta’qibga uchraganmi? AQSh tekshirishga qaror qildi

Amerika Qo‘shma Shtatlari LGBT-hamjamiyati huquqlari poymol etilganmi-yo‘qmi aniqlash maqsadida, YeHXT orqali Chechenistonda tekshiruv o‘tkazmoqchi
Sputnik

TOShKENT, 2 noya – Sputnik. AQSh Chechenistonda inson huquqlari buzilganligi bilan bog‘liq xabarlarni tekshirish uchun Moskvadagi OBSE mexanizmiga qo‘shildi, deb xabar qildi juma kuni jurnalistlarga AQSh Davlat departamenti vakili o‘rinbosari Robert Palladino. RIA Novosti xabariga asosan.

"Geylarga erkinlik yo‘q" - O‘zbekiston BMT tavsiyasini rad etdi

"Bugun Venada Qo‘shma Shtatlar inson huquqlari poymol etilgan degan jiddiy havotirda juda kam qo‘llaniluvchi diplomatik harakatni amalga oshirdi: u Moskvadagi mexanizmni faollashtirgan holda Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotining 16 davlatdan iborat koalitsiyasiga qo‘shildi. Bu Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Checheniston Respublikasida rasmiy xalqaro missiya ish boshlaganini anglatadi. Missiya Chechenistonda inson huquqlari poymol etilishi va ta’qiblar bilan bog‘liq xabarlarni o‘rganadi”, - dedi u.

Xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, LGBT-hamjamiyati, huquqni muhofaza qiluvchi va nodavlat tashkilotlari xodimlari ta’qib obyektlari bo‘lishgan.

"Xalqaro hamjamiyatning ko‘plab marotaba bildirgan havotirlari va mas’uliyatli bo‘lishga chorlovlariga Rossiya aniq javob bermadi. Shu bois, ushbu harakatlar yordamida Rossiya tomonidan inson huquqlari poymol etilib, ta’qiblar bo‘lganini fosh etish maqsadida ma’muriyat YeXHT maydonida yevropalik sheriklar bilan ishni davom ettiradi”, - deb qo‘shimcha qilgan Palladino.

Tojikistonda 350 dan ortiq noan’anaviy jinsiy hayot kechirayotganlar hisobga qo‘yildi

Moskva mexanizmi muayan bir davlatda inson huquqlari sohasidagi vaziyat bo‘yicha ish olib borish uchun ekspertchilar va dokladchilar missiyasi tashkil etilishini nazarda tutadi. Ekspert va ma’ruzachilar tegishli mamlakat yoki missiya tashabbuskor-davlati fuqarolari yoki rezidentlari orasidan tayinlanishi mumkin emas.

2017 yilning aprel oyi boshida "Novaya gazeta" nashrida Chechenistonda noan’anaviy jinsiy oriyentatsiyaga ega bo‘lgan aholining yoppasiga qo‘lga olingani haqidagi maqola chop etilgan edi. Checheniston rahbari matbuot-kotibi Alvi Karimov nashr chop etgan ma’lumotlarni rad etdi, Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov ham Checheniston rahbari Ramzan Qodirov tomonidan prezident Vladimir Putin bilan bo‘lgan muloqotda taqdim etilgan geylarga nisbatan hech qanday ta’qib yo‘qligi to‘g‘risidagi axborotga ishonmaslik uchun biror asos yo‘qligini aytgan edi.

RF inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova noan’anaviy jinsiy oriyentatsiyaga ega bo‘lgani uchun go‘yoki repressiyaga yo‘liqqan kishilar ismlarini nashrdan olgani va Tergov qo‘mitasi rahbariga murojaat yo‘llagani to‘g‘risida ma’lum qilgandi.