Jamol Xashoggi qotilligida saudiya bosh konsulining qo‘li bor - OAV

Nashr xabariga ko‘ra, Xashoggi ishini o‘rganayotgan tergov guruhida jurnalist favqulodda g‘oyib bo‘lgan kuni saudiya konsulligida yozib olingan audioyozuvlarga ega
Sputnik

TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsuli Muhammad al Utayba saudiyalik muxolifatchi jurnalist Jamol Xashoggining qotilligida aloqador, deb xabar qildi Yeni Safak nashri huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbasiga tayangan holda.

Saudiyalik jurnalist Jamol Xashoggi qayerga g‘oyib bo‘ldi?

Sal oldin Turkiya TIV RIA Novostiga bergan intervyusida seshanba kuni Saudiya Arabistoni bosh konsulining Istanbuldagi qarorgohini tekshirish ishlari rejalashtirilganini ma’lum qilgan, ammo keyinroq bu ish ortga qoldirildi. Chunki Xashoggi ishini o‘rganish bo‘yicha tuzilgan Turkiya-Saudiya Arabistoni vakillaridan iborat hamkorlikdagi ishchi guruhda saudiyalik vakillar tergov ishlarida qatnasha olmadilar.

Seshanba kuni Xashoggi ishi bo‘yicha avj olgan mojaro tufayli Saudiya bosh konsuli Turkiyani tark etdi.

Nashr xabariga ko‘ra, Xashoggi ishini o‘rganayotgan tergov guruhida jurnalist favqulodda g‘oyib bo‘lgan kuni saudiya konsulligida yozib olingan audioyozuvlarga ega.

Audioyozuvlarning birida al Utayba Xashoggiga: "Agar yashashni istasang, jim yur!", - deganini eshitish mumkin.

Shuningdek, xabar qilinishicha, Xashoggi o‘ldirilishdan oldin qiynoqqa solingan: uning barmoqlari so‘roq vaqtida kesib tashlangan, so‘ngra, boshi tanasidan judo qilingan.

Audioyozuvga ko‘ra, saudiya konsuli jurnalistning qotillariga: "Bu ishni tashqarida qiling. Sizlarni deb, boshim g‘alvada qoladi", - deb aytgan.

Amerikaning Washington Post gazetasida ishlovchi Xashoggi 2017-yildan beri AQShda yashab keladi, 2-oktabr kuni Istanbuldagi Saudiya Arabistoni bosh konsulligiga kirgach, izsiz g‘oyib bo‘lgan.

Saudiyalik jurnalistning qaylig‘i aytgan so‘zlarga ko‘ra, dipmissiya xodimlari 1-oktabr kuni Xashoggini hujjatlarni rasmiylashtirish uchun taklif etishgan, ayolning o‘zini esa bino ichkarisiga kiritishmagan.

Xashoggi konsullik binosi ichkarisiga kirib ketganidan 5 soat o‘tgach, ishchi xodimlardan biri chiqib, Xashoggi ketganligi va uni kutib o‘tirish kerak emasligini aytgan.

Turkiyada “Islom Davlati” jinoyatlarini fosh qilmoqchi bo‘lgan jurnalist o‘ldirildi

Saudiya Arabistoni hukumati ta’kidiga ko‘ra, Xashoggi konsullik binosini tark etgach, g‘oyib bo‘lgan va missiya hozirda uning g‘oyib bo‘lishi faktiga aniqlik kiritish bo‘yicha turk hukumati bilan hamkorlikda ishlamoqda.

Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on Saudiya Arabistoni jurnalistning yo‘qolib qolishiga aloqador emasligini isbotlashi kerakligi haqida bayonot bergan, hozircha Turkiya Saudiya tomonidan aytilgan tushuntirishlarni unchalik ishonchli emas, deb topmoqda.

Turkiya TIV vakili Xami Aksoy xabariga ko‘ra, rasmiy Anqara Xashoggining g‘oyib bo‘lishi munosabati bilan bosh konsullikni tekshirish bo‘yicha Saudiya Arabistonidan ruxsatnoma olgan.

Turkiya OAVlari xabariga ko‘ra, saudiya bosh konsulligida olib borilgan birinchi tekshiruv ishlari davomida turkiyalik mutaxassislar bino hovlisidagi yerdan namuna olishgan, shuningdek, bino ichkarisida qon izlarini aniqlash uchun ultrabinafsha nurlardan foydalanganlar. Tekshiruv ishlari to‘qqiz soatdan ortiq vaqt davom etgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, politsiyachilar bino ichida Xashoggining o‘ldirilganiga ishora qiluvchi dalillarni aniqlashgan.