Turkiyada “Islom Davlati” jinoyatlarini fosh qilmoqchi bo‘lgan jurnalist o‘ldirildi

© Commons.wikimedia / Wouter EnglerJihod bayrog‘i.
Jihod bayrog‘i. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jurnalist Suriyadagi urush haqida bir qancha filmlar suratga olgan edi. Shuningdek, u suriya kundalik hayotidan so‘zlovchi Hentah gazetasi bosh muharriri sifatida faoliyat yuritar edi.

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Suriyalik jurnalist va dokumentalist Naji al-Jerf kecha kechqurun Turkiya janubi-sharqida otib o‘ldirib ketildi, RIA Novosti, Deutsche Welle nashri xabari asosida.

Bu xabarni “Rakku sassiz o‘ldirishadi” uyushmasi ham tasdiqladi.

"Rejissor Naji Al-Jerf, ikki farzandning otasi, Turkiyaning Gaziantep shahrida to‘pponchadan otib o‘ldirildi", — xabar qilingan uyushma Twitterida.

Turk OAV xabari asosida Deutsche Welle gazetasi yozishicha al-Jerf “Islom Davlati” terrorchilik guruhi sodir etgan jinoyatlar haqida so‘zlovchi hujjatli film ustida ish olib borayotgan bo‘lgan.

 

Yangiliklar lentasi
0